So‘nggi vaqtlarda bir-biriga juda o‘xshash biznes va startap yechimlarini ko‘rib qolyapman. Shu vaqt ko‘nglimda, “kim kimdan ko‘rib qilgan ekan?” degan savol tug‘ildi. Biroz izlangach, bu masalaga o‘zimcha javob topdim.

Avvalo, startap va biznesning mohiyati biror muammoga yechim topish orqali insonlar hamda jamiyat hayotini maʼlum darajada yaxshilash hisoblanadi. Demak, bir jamiyatda yashayotgan ikki inson ayni muammolar bilan yuzma-yuz kelishi tabiiy. Boshqacha aytganda, ular jamiyatning boshqa aʼzolari kabi bir xil muammolarni boshdan kechiradi.

Shu sababli, bu muammolarga yechim topish haqida o‘ylashi ham tabiiy hol. Natijada, bir-biriga o‘xshash g‘oyalar turli odamlarda mustaqil ravishda paydo bo‘lishi mumkin. Aytmoqchimanki, har qanday g‘oya avvalo uni yuzaga keltirgan muammo mavjud bo‘lgan jamiyatga tegishli. Yechim berganlarga emas.

Ishqilib, siz o‘ylagan g‘oyani siz kabi minglab, hatto millionlab insonlar ham o‘ylashi mumkin. Bu esa oʻta norm.

@hisperspective