Rus hamkasblar bilan tarmoqlarda kontent tarqalishi va trendlar shakllanishi haqida suhbatlasharkanmiz, ular Мот’ning karantin davrida chiqarilgan, ammo 2025-yil oxiri 2026-yil boshida virusga aylangan “Как к себе домой” trekiga qo‘llangan marketing strategiyasini tahlil qilib berishdi.

Oddiy Instagram rils videolari orqali ushbu trekning striming platformalardagi tinglanishlari sezilarli oshgan, YouTube ko‘rishlari esa deyarli ikki barobarga ko‘paygan. Buni ko‘rib, Botir Qodirovning marketing yondashuviga alohida respect bildirdim.

Sababi, u ham “Королева Жана” trekida shunga o‘xshash strategiyani muvaffaqiyatli qo‘llamoqda. Trek nomidan boshlab aniq target auditoriya ya’ni o‘zbek va rusiyzabon tinglovchilar ko‘zlangan. Bundan tashqari, yoshlar auditoriyasiga mos raqs formati ishlab chiqilib, aynan rils orqali faol targ‘ib qilingan.

So‘nggi bir oylik natijalarga ko‘ra, “Королева Жана” YouTube’da 8 milliondan ortiq ko‘rilgan va Yandex Music chartida 39-o‘rinni egallagan. Bu esa Botir Qodirov uchun juda kuchli natija hisoblanadi.

Ishqilib kontent marketing bilan ko‘p ish qilsa bo‘ladi. Bu keysga ham Yulduz Usmonovadan munosabat kutamiz.

@hisperspective