Avvalroq Nyu-Yorkning yangi meri Zohran Mamdani ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhur bo‘lgani haqida yozgandim. Bu safar Nikol Pashinyan haqida.
Pashinyan Instagram’ni o‘zi yuritadi. Videolarda musiqa tinglaydi, baraban chaladi, avtobusda makkajo‘xori yeydi, lavash tishlaydi. Oxirida esa doim qo‘llari bilan yurak shaklini yasaydi. Oddiy va samimiy format sabab videolari tez viral bo‘ldi.
Masalan, Zemfiraning “PMML” qo‘shig‘ini tinglayotgan videosi 16 mln marta ko‘rilgan. BBC’ga ko‘ra, bu kontent Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjonda ham auditoriya yig‘gan. Yaʼni Pashinyan shu davlatlarda ham mashhur degani. Hozir Armanistonda saylovlar ketmoqda.
Pashinyan esa Instagram’da yig‘gan auditoriyasi va uslubidan siyosiy targ‘ibotda foydalanmoqda. Hatto yurak belgisi uning kampaniyasi ramziga aylangan. Qizigʻi Pashinyan instagramida 943 ming obunachi bor, bu esa Armaniston aholisining qariyb 30 foizi degani.
Ishqilib, mashhurlik ddiylikda degani shu menimcha.