Yandex Maps’da ajoyib funksiya ishga tushibdi. Ikki kundan buyon bu haqda hamma yoqda bong urishyapti. Mundoq qiziqib qarasam, rostdan ham jazirama o‘lkamizdagi hayotimizni biroz yengillashtiradigan dilbar imkoniyat ekan.
Qisqasi, Yandex Maps piyoda yurishda daraxtlar va soya ko‘proq bo‘lgan yo‘nalishlarni taklif qilishni boshlabdi. Ya’ni tizim imkon qadar soya-salqin ko‘chalar orqali marshrut tuzib, jaziramada quyoshning tagida kuyib yurmaslikka yordam beradi.
Ishqilib, ayni issiq tugashi oldidan kerakli ish qilishibdi :)