Litsenziyalar joriy yilning iyul oyida berilgan. Ikki bukmekerning biri qo‘shni Qozog‘istonda ancha mashhur bo‘lsa, ikkinchisi ham shu betting kompaniyaning subbrendiga oʻxshab koʻrindi.

Endilikda bu ikki qorako‘zning reklamasidan tortib, sport musobaqalari va turli tadbirlarga homiylik qilishigacha ko‘nikishimizga to‘g‘ri keladi. O‘zi shundoq ham bu yo‘nalishdagi homiyliklarni ko‘rib yurgandik, endi ular yanada ko‘payishi hamda odamlar tobora qiziqishi mumkin.

Hammasi-ku mayli, ushbu kompaniyalar litsenziya olish uchun BHMning 150 ming baravari miqdorida ustav kapitali, shuningdek, BHMning 75 ming baravari miqdorida zaxira jamg‘armasi shakllantirgan. Umumiy hisobda gap qariyb har biri 100 mlrd so‘mdan pul sarmoya qilgani haqida ketmoqda. Buncha pul bejiz tikilmaydi.

Ishqilib, ehtiyot boʻling, farzandingiz va doʻst birodarlaringizni asrang.

@hisperspective