Kanaldagi asosiy kuzatuvchilar oʻrtacha yoshi 18-22 yosh atrofida. Buni menejer menga forward qiladigan smslardan tahmin qilaman. Xabarlarning asosiy qismida maslahat soʻralgan. “Nima qilay, qayerdan boshlay?” kabi oʻz yoʻlini izlayotgan yoshlardan savollar degandek. Shu xabarlarga bitta qilib javob beray.

Rosti, boshidan aytaman men oʻzimni maslahat beradigan odam deb bilmayman. Chunki dangasaman. Oʻtgan yil youtubeda blog qilaman deb palon pulga texnika sotib olgan lekin, hech narsa qilmasdan CSʼga oʻtirib qolgan odamman. Qariyb 2 yildan buyon oʻz startapimni qurishga urinaman ammo, soʻngiga qadar yeta olmayman, baʼzida erinaman. Baʼzida esa shunchaki yoqmaydi.

Siz har kun oʻqiyotgan postlarni esa oʻzimni majburlab yozaman. Kun davomida ishlab uyga qaytganda 20-30 talab manbalarni tekshirib nimadir mavzuda post yozish ishoning juda mayda ish ammo, shu mayda ish meni oʻstiryapti. Kichik qadamlar bilan oʻzimni oʻzgartirishga, yaxshiroq talqinimni paydo qilishga urinyapman.

Bu bilan nima demoqchiman. Ukam, akam, singlim, opam kim boʻlmang siz ham oʻz maqsadingiz uchun hozir kichik qadam tashlang. Shunda hammasi yaxshi boʻladi. “Small Things Like These” filmini esa koʻring.

@hisperspective