Bugun tush vaqtida OpenAI’dan sun’iy intellekt platformasida reklama xizmatlari ishga tushgani va Yevropa hamda AQSH auditoriyasi uchun reklama yoqib ko‘rish mumkinligi haqida xat oldim. “Esememchiga qirq bir hunar kam”, degan qoidaga amal qilib, darrov kirib titkiladim va test qilib ko‘rdim.

Qiziq tomoni, jarayon men kutganimdan ancha sodda ekan. Hozircha reklamalar ayrim davlatlarda ishlayapti. Davlatlar ro‘yxatini bu yerda qoldiraman. Reklama sozlash uchun esa biznesingiz veb-sayti havolasini berishning o‘zi yetarli: tizim sahifadagi ma’lumotlarni tahlil qilib, sizga mos reklama formatini avtomatik tayyorlab beradi.

Shundan keyin tayyor shablon ichida budjet, auditoriya va boshqa kerakli parametrlarni o‘zingizga moslab sozlaysiz. Ya’ni alohida kreativ tayyorlashdan ko‘ra, boshlang‘ich ishlarning bir qismini tizimning o‘zi bajarib beradi.

P/s: Meni ChatGPT akkauntim Germaniya regionda ochilgani uchun bu xabarni oldim va ishladi.

@hisperspective