Sal avval sizlar bilan Stiv Jobs va Tim Kuk davrlaridagi Apple’ni solishtirib ko‘rgan edik. Bugun, 9-sentabrda esa yangi Jon Ternus davri boshlanadi. Xo‘sh, yangi direktorning birinchi taqdimotida epl bizga nimalar namoyish etishini qisqa ko‘rib chiqamiz.

Xullas, doimgidek iPhone’ning yangi 18 Pro va 18 Pro Max modellari taqdim etiladi. Biroq bu safargi eng qiziq yangiliklardan biri faqat yangi iPhone’lar bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Bundan tashqari, Apple raqobatchisi Samsungdan 5 yil o‘tib buklanadigan smartfonni ishlab chiqdi. Bu ishlanma mavjud bozorni qanchalik o‘zgartira olishi menga juda qiziq.

Men kutayotgan muhim yangilik esa bu AirPods’larga kichik kameralar o‘rnatilgani va bu Siri ovozli yordamchisiga atrof olamni ko‘rish imkoniyatini berishi bo‘lib turibdi. Chunki Siriga tashqi olamni ko‘rish imkoniyati yaratilsa, menimcha, u ovozli yordamchi modelidan kundalik hamroh modeligacha o‘sa oladi hamda hayotiy ayrim yumushlarimizda yana-da qulay dastyor bo‘ladi.

Ishqilib, bugun kuzatamiz, nimalar bo‘lar ekan.

@hisperspective