2016–2017-yillarda YouTube’dagi Lingua Marina blogi orqali ingliz tili darslarini ulashib, katta auditoriya to‘plagan Marina Mogilko o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi brendini startap darajasiga olib chiqa olgan kam sonli kontent yaratuvchilardan biri hisoblanadi.
Sankt-Peterburgda tug‘ilgan Marina eri bilan birga til o‘rgatish platformasini qurish jarayonida blog yurita boshlagan. Keyinchalik ular turli darajadagi ingliz tili kurslarini sotishgan va shu orqali katta auditoriya shakllantirishgan. Auditoriya yetarlicha kengaygach esa pivot qilishgan.
Ya’ni Lingua Marina blogiga qo‘shimcha ravishda Silicon Valley Girl kanalini ham yo‘lga qo‘yishgan. Bu blogda Marina AQSH texno olamidagi taniqli tadbirkorlar, investorlar va injenerlar bilan suhbatlar qiladi, yangi texnologiyalar haqida gapiradi hamda shu orqali shaxsiy brendining qiymatini tobora oshirib boradi.
Qiziq jihati, 2021-yilda Slow Ventures Marina Mogilko brendiga $1,7 mln sarmoya kiritgan. Investitsiya raundida Liberman aka-ukalari va Shriram Krishnan ham qatnashgan. Hozirda Marina blogni faol tarzda rivojlantirib kelmoqda. Auditoriya qamrovi umumiy hisobda 20 mln faol obunachiga yetadi.
Ishqilib, adminning maqsadini endi bilasilar. Biz ham hali katta startap boʻlamiz (: