Avvalroq, startaplarning investitsiya olish bosqichlarini koʻrib chiqgan edik. Bugungi postda esa startaplarning baholanish bosqichlariga nazar tashlaymiz.
Startap ekotizimida Unikorn atamasi juda keng tarqalgan. Unikorn deb odatda $1 milliard baholanishga ega bo‘lgan startaplar nomlanadi. Ushbu nomlash 2013-yilda ilk bor Cowboy Ventures asoschisi Aileen Lee tomonidan e’lon qilingan hisobotlar doirasida shakllangan. Aniqrogʻi Lee hisobotlarida Unikorn atamasini ishlatgan.
Bundan so‘ng, 2015-yilda Dave McClure “pony” hamda “kentavr” tushunchalarini ta’riflab bergan. Unga ko‘ra, pony bahosi $10 milliondan yuqori bo‘lgan startaplar, kentavr esa $100 milliondan yuqori baholangan startaplar hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib, guruhlash yanada kengaydi. Bahosi $10 mlrddan yuqori boʻlsa dekakorn va $100 mlrddan yuqori deb topilsa gektakorn deb ataladi. Dekakorn loyihalar deb Stripe, SpaceX, Canva kabi startaplarni olishimiz mumkin. Gektakorn startap esa albatta TikTok hisoblanadi.
Xullas, faqat unikornni emas balki, undan balandroqlarini ham maqsad qilish joiz. Postni esa saqlab qoʻying, kompaniyangizni baholashganda kerak boʻladi.