Musk va Thiel PayPal’ni taqdim etgan paytda u an’anaviy bank xizmatlariga muqobil bo‘lishi, hattoki ularni “yoʻq qilishi” haqida gaplar ko‘p bo‘lgan ekan. Bugun esa vaziyat qiziq tus oldi, PayPalning o‘zi bankka aylanish istagini bildirmoqda.
Agar ruxsat olsa, PayPal Bank kichik biznesni kreditlash yo‘nalishini yanada kengaytirishini aytyapti. Hozirgacha PayPal Amerikada $30 mlrddan ortiq miqdorda kredit va kapitalga kirish imkonini taqdim etganini ma’lum qilmoqda.
O‘zbekistonda ham fintechlar ko‘pincha banklar bilan integratsiya qilish uchun oldi-sotdi qilishyapti. Masalan, Click & Tenge Bank, Payme & TBC Bank, Paynet & HUMO.
Xulosa qilsak, fintechlar ma’lum rivojlanish bosqichidan so‘ng baribir bank infratuzilmasiga ehtiyoj sezadi. Banklar esa rivojlanishdan orqada qolmaslik uchun fintechlar berayotgan yechimlarga muhtoj.