iHamkor ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonning “Galmart” supermarketlar tarmog‘i Toshkent City Mall’dagi savdo nuqtasidan hozirgacha 34 mlrd 717 mln so‘m tushum olgan. Shunga qaramay, hozirda korxona umumiy hisobda 10 mlrd 590 mln so‘m zarar bilan faoliyat yuritmoqda.
Mazkur supermarket shu vaqtgacha 3,9 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. “Magnum” keysidan soʻng, qiziqish bilan ushbu supermarket faoliyatini kuzatib boryapman. Hozircha ishlari rasvo.
Rosti, bu supermarket tarmogʻi ham Park In Mallda ochilgan qoʻshnisi “Korzinka” bilan raqobatda yutqazib yopilsa kerak degan kutilmam mavjud.