“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar markazi IT Park qoshida tashkil etilgan va IT Park rezidentlari hamda rezident boʻlmagan texnologik kompaniyalar huquqlarini himoya qiladi.
Sodda qilib aytganda texnologik kompaniya investorlari, taʼsischilari, egalari haq-huquqlarini endi shu Markaz qoʻriqlaydi. Bu esa venchur kapital bozori faoliyatini yana-da kengaytirishga xizmat qilishi kerak.
Yana-da soddaroq qilsak, texnologik kompaniyalarning egalik, oldi-sotdi huquqlari Markaz tarafidan oʻzbekona shaklda emas balki, britancha huquq normalari asosida koʻrib chiqiladi.
Markaz haqida 2 oy oldin Davronbek Parmonov (AloqaVentures’da direktor o‘rinbosari) Hikmat Abdurahmonov bilan boʻlgan suhbatda aytgan edi, shu suhbatda Laziz aka qiziq kontr argumentlar bergan.