Bir tanishimda qahva iste’moli fonida asab tizimi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lganini eshitganimdan keyin qahvani tashlashga ahd qildim. Bugun taxminan o‘n nechanchidir kun. Shu vaqt ichida sezgan eng katta o‘zgarishim — uyqu davomiyligim oshgani.

Hozir odatdagidan taxminan 30-40 daqiqa ko‘proq uxlayapman. Albatta, bu hali sog‘lom uyqu darajasiga yetganimni anglatmaydi, lekin men uchun shu o‘zgarishning o‘zi ham katta natijadek tuyulyapti. Qolaversa, uyg‘onganimda o‘zimni avvalgidan biroz tetikroq his qilyapman.

Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Avvallari 7-8 soat davomida bir maromda ishlay olgan bo‘lsam, hozir kunning birinchi yarmidayoq charchab, biror ishga qo‘l urgim kelmay qoladigan paytlar bo‘lyapti. Bu kofeindan voz kechish bilan bog‘liqmi yoki organizmim hali yangi tartibga moslashyaptimi, bilmadim.

Ishqilib, hozircha natija shunaqa. Qahvani o‘rniga nimadir ermak

@hisperspective