Joriy yilning iyun oyidan boshlab Soliq qoʻmitasi ajoyib ishga qoʻl uribdi. Xullas, endilikda isteʼmolchilar xarid qilgan mahsulotlarining chekidan tushgan 1% keshbek balansini ixtiyoriy shaklda daraxt ekish uchun yoʻnaltirishlari mumkin.

Ushbu imkoniyat prezidentning 2025-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan amalga oshirilgan.

Qariyb 2 oydan beri ishlab kelayotgan bu funksional natijasida nechta daraxt ekilgani yoki qancha mablagʻ toʻplangani yuzasidan biror aniq maʼlumot topa olmadim-u ammo, ushbu imkoniyatning oʻzi borligi, ekologiyaga hissa qoʻshish mumkinligi meni quvontirdi.

Ishqilib, foydalanib koʻring. Daraxt eking.

@hisperspective