Amalda biz kasb deb qaraydigan va unda asosan erkaklar faoliyat olib boradigan dasturlashning birinchi namoyandasi va tom ma’noda onasi Ada Lovelace hisoblanadi. Ada ingliz matematigi bo‘lib u amalda biz faoliyat olib boradigan algoritmlash ya’ni dasturlash bilan shug‘ullangan birinchi insondir.
U Charles Babbage’ning “Analytical Engine” (tahliliy mashina) loyihasi uchun algoritm yozgan va bu dunyodagi birinchi kompyuter dasturi sifatida tan olingan. Qiziq jihati uning matematikaga bo‘lgan qiziqishini ham onasi rivojlantirgan va uning sharafiga Ada dasturlash tili ham paydo bo‘lgan.
Bu bilan nima demoqchiman? Dasturlash umuman aytida avvaldan qizlar bo‘lgan hozir ham ular ko‘paymoqda va ayta olamanki zamonaviy kasblarda aynan ayol/qizlar ko‘p bo‘lishi tarafdoriman chunki ushbu kasb ortidan ular erkin, boy hamda o‘ziga ishongan shaxs bo‘lib shakllanadi. Bizning jamiyatda esa bu juda muhim.
Xullas, yaqinlashib kelayotgan bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli aytichi qizlar!