Yigitlar qiziq veb-sahifa qilishibdi. Nomi salarycalc.uz ekan. Sayt bepul va roʻyxatdan oʻtish shart emas. Shunchaki saytga kirasiz, oylik maoshingizni yozasiz va sayt har sekundda necha pul topayotganingizni hisoblab ketaverar ekan.
Turtki beradigan tizim desak boʻladi. Odam ishdan zerikib qolib bir qarab olganda motivatsiya bo‘ladigan sonlar chiqib tursa, kayfiyat o‘z-o‘zidan ko‘tarilib ketsa kerak.