Ushbu daromadning $60 mlrd’dan ortig‘i YouTube ichidagi reklamalar va pullik obunalardan tushgan. Google Cloud esa taxminan $58 mlrd daromad keltirgan.
Qiziq jihati Google hanuz asosiy daromadini qidiruv natijalarida chiqadigan reklamalardan olyapti. 2025-yilning 4-choragida Search reklamasi 17% ga o‘sibdi va yil davomida $224.5 mlrdni tashkil etibdi. Eʼtiborga molik jihati esa bu umumiy daromadning 56% degani.
Ishqilib sunʼiy intellekt chiqdi endi qidiruv tizimlari oʻladi deb oʻylaganlar chuchvarani xom sanabdi dermidi.