Rostini aytay “work-life balance” degan narsa afsona. Balans emas, ritm bor. Ba’zi haftalar ish 80%, hayot 20%. Ba’zi haftalar teskarisi. Eng muhimi uzoq muddat ritm qaysidir bir tarafga to‘liq og‘ib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Yana bir muhim narsa vaqtni emas, energiyani boshqarish. 8 soat ishlash har doim ham 8 soat samaradorlik degani emas. Inson miyasi kuniga atigi 2–3 soat eng yuqori darajada samarali ishlaydi. Odatda bu vaqt tongdan tushlikgacha bo‘ladi.
Shuning uchun eng muhim vazifalarni aynan shu paytga qo‘yish ancha foydali. Qolgan ishlar esa ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, har kuni kamida 1 soatni o‘zingizga ajrating. Kafega boring, piyoda yuring yoki shunchaki yolg‘iz qoling. Nima qilsangiz ham, o‘zingizni tinglang. Ichki ehtiyoj va xohishlaringizni eshiting. Shunda o‘zingizga mos ritmni topasiz.
Rassvet qahvaxonasiga esa borib ko‘ringlar, yaxshi joy.