So‘nggi kunlarda biznes va marketing jamoatchiligi doiralarida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri JCH-2026’da O‘zbekiston terma jamoasiga homiylik masalasi bo‘ldi. Millionlab insonlar kuzatadigan 4 yillikning eng yirik sport tadbirida o‘zi homiylik qanday ishlaydi? Keling ko‘rib chiqamiz.

FIFA qoidalariga ko‘ra, Jahon chempionati o‘yinlarida maydonda kiyiladigan rasmiy formalarda tijoriy reklama joylashtirish taqiqlanadi. Ya’ni terma jamoa futbolkasida homiy logotipi bo‘lmaydi. Biroq brendlar mashg‘ulot formalari, o‘yinoldi kiyimlari, press-vollar va jamoa avtobusida o‘z logotiplarini joylashtirishi mumkin.

Bozor parametrlariga ko‘ra, bosh homiylik yiliga taxminan $1–3 mln, rasmiy hamkorlik esa $300–800 ming atrofida baholanadi. O‘zbekiston terma jamoasi homiylari qancha to‘layotgani ochiq manbalarda mavjud emas, ammo summa shu diapazonga yaqin bo‘lishi ehtimol.

Bundan tashqari, terma jamoa ekipirovkasini ishlab chiqaruvchi brend har bir sotuvdan ma’lum ulushni federatsiyaga yo‘naltiradi. Ya’ni muxlislar jamoa futbolkasini xarid qilganda, tushumning bir qismi terma jamoa g‘aznasiga boradi.

Ishqilib, sport tadbirlari nafaqat o‘yin balki katta moliyaviy aylanmalar makoni hamdir. Xo‘sh, 2030-yil JCHʼga homiylik qilasizmi?

@hisperspective