Sizlar bilan investitsiyaning turli formatlarini ko‘rib chiqqan edik. Bugun ko‘chmas mulk aniqroq aytsak Respublikaning qaysi hududidagi uy-joy bozoriga investitsiya qilish ayni maqbul qaror ekanligini raqamlarda ko‘rib chiqamiz.
Toshkentda 2026-yilning dastlabki 5 oyida ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning o‘rtacha narxi 3% ga oshgan. Bir kvadrat metrning o‘rtacha narxi esa 16,9 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda kvartiralar narxi bir yil davomida 3,9% ga, viloyatlarda esa 7% ga oshgan.
Viloyatlarda birlamchi bozordagi uy narxlari 7,1% ga, ikkilamchi bozorda esa 4,2% ga ko‘tarilgan. Poytaxtda ham yangi uylar bozorida o‘sish sezilarli, mart oyida yangi uy-joylarning bir kvadrat metri o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 8,8% ga, ikkilamchi bozorda esa 5% ga qimmatlagan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Toshkentda kvartiralarning nominal narxi taxminan 3–5% atrofida o‘sayotgan bo‘lsa, viloyatlarda bu ko‘rsatkich ayrim segmentlarda 4–7% ni tashkil qilmoqda.
Ishqilib, yaqin 3–5 yillikda viloyat markazlaridagi uy-joylar investitsiya uchun qiziqarli yo‘nalishlardan biri bo‘lishi mumkin, menimcha.