Aprel oyi boshlarida bloger Aktivist ushbu qahvaxonada oʻzbekcha xizmat koʻrsatilmasligini tanqid ostiga olganidan soʻng, Bonʼda 3 ta tilda menyu shakllantirildi. Brend zoʻr va tez munosabat bildirib oʻzbek tilida faoliyat yuritishni yaxshiladi.

Masalan, hech kim deyarli eʼtibor bermaydigan bir martalik kofe idishing qopqogʻida “ehtiyot boʻling, issiq” deb yozilishini faqat shu Bon! da koʻrdim hozircha.

Biznes isteʼmolchilarga moslashishi va hurmat qilishi, isteʼmolchi esa haqqini talab qilmogʻi, bir soʻz bilan aytganda ajoyib.

@hisperspective