Bunga javob berish uchun avvalo Oʻzbekiston global internetga qanday ulanayotganini tushunish kerak. Asosan, biz xalqaro internet trafigini shimoliy va janubiy yoʻnalishdagi magistral kanallar orqali qabul qilamiz.

Soddaroq aytganda, internetning katta qismi Qozogʻiston va Rossiya orqali kirib keladi. Hozirda mamlakat trafigining 80% dan ortigʻi aynan shu yoʻnalishlarga toʻgʻri keladi.

Aynan shu ikki davlatdan keladigan global tarmoq biz ulanishimiz mumkin boʻlgan eng stabil kanal hisoblanar edi. Chunki bizning suv yoʻliga chiqishimiz qiyin.

Taassufki, endi Rossiyadan keladigan global kanal biz uchun xavfsiz emasdek. Chunki, Rossiyada Telegram bilan bogʻliq cheklovlar fonida bu ta’sir Qozogʻiston va Oʻzbekistonda ham sezilmoqda.

Kun davomida uydagilar bilan video qoʻngʻiroqda stabil gaplasha olmadim ammo, hozir VPN bilan ulanib, messenjerdan muammosiz foydalanayapman.

Ishqilib, ishlar chatoq doʻstlar.

@hisperspective