2013-yilda Oʻzbekistondagi birinchi internet-ekvayring platformasi Paycom ishga tushirilgan. Paycom ilgari Click ussd ichida alohida tizim tariqasida faoliyat olib borgan. Bu vaqtda Payme asoschilarida alohida fintex kompaniya boʻlish fikri boʻlmagan, menimcha.
Shunchaki ular, Click ichida alohida p2p va internet-ekvayring imkonini ishlab chiqishgan. Keyinchalik, 2016-yilda Paycom qoshida Payme onlayn toʻlovlarni amalga oshirish dasturi ish boshlagan. 2018-yilda Payme birinchilardan boʻlib QR-kod orqali kontaktsiz toʻlovlar tizimi Payme GO xizmatini yoʻlga qoʻygan. Oradan bir yil oʻtib 2019-yilda Payme TBC Uzbekistanga sotilgan.
Soʻnggi 10 yilda kompaniya 23 million ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi va 6 million oylik faol foydalanuvchi koʻrsatkichiga erishdi. Taʼkidlash joizki oʻzbek fintex bozorida raqobatchisi Click bilan katta oʻzgarishlar qila oldi.
Xullas, Payme oʻsishda egalari soqqa qilishda davom etsin, omad.