So‘nggi vaqtlarda meni eng ko‘p o‘ylantirayotgan savollardan biri aynan shu. Bugun dunyo humanoidlarni arzon va sifatli ishlab chiqarish poygasiga kirgan. Bir tomonda AQSH Figure, NEO kabi premium robotlar ustida ishlayotgan bo‘lsa, boshqa tomonda Xitoy ommaviy hamda xalqchil humanoidlar yaratishga urinmoqda.
Humanoidlarning “miyasi” hisoblangan sun’iy intellekt esa misli ko‘rilmagan tezlikda rivojlanmoqda. ChatGPT, Claude va boshqa modellar deyarli har hafta biz kutmagan yangi imkoniyatlarni namoyish qilmoqda. Ular endi nafaqat matn yozmoqda yoki kod ishlab chiqmoqda, balki murakkab vazifalarni mustaqil bajarishni ham o‘rganmoqda.
Shu sur’atda davom etsa, yaqin kelajakda zavodlar, logistika markazlari va hatto xizmat ko‘rsatish sohalarida to‘liq sun’iy intellekt asosida ishlovchi humanoidlarni ko‘rish odatiy holga aylanishi mumkin. Chunki humanoidlar ish haqi, dam olish kuni yoki qulay mehnat sharoitini talab qilmaydigan “xodim” sifatida ko‘rilmoqda.
Qiziq jihati esa agar robotlar mahsulot chiqaradigan va sun’iy intellekt boshqaradigan dunyo yuzaga kelsa, insonning asosiy vazifasi nima bo‘lib qoladi? Shunda insoniyat kommunizmga qaytib qolmaydimi? Qaytsa, hayot qanday boʻladi?
Ishqilib apokalipsisga oz qoldi.