Ilgari, murg‘ak bolakay davrlarimda, o‘zimga qiziq bo‘lgan texnika va texnologiyalarni xarid qilishdan, ulardan foydalanishdan boshqacha mazza qilardim. Oradan vaqt o‘tdi va o‘zimda g‘aroyib o‘zgarishlarni seza boshladim.

Masalan, oddiygina Payme ilovasidagi “mening uyim” bo‘limi orqali kommunal to‘lovlarni amalga oshirganimda, ichimdagi bolakay negadir o‘zgacha sevinadi. Bunga bir tomondan Payme ham sababchi, chunki kommunal hisoblarda balans kamayganda, buni juda qulay tarzda eslatib turishadi va albatta toʻlov qilishga stimul berishadi.

Xuddi rasmdagi Oddissey kabi ulg‘aygan sari “uyim-joyim” deydiganlar uchun DOMO ilovasi ham bor. Unda kommunal to‘lovlarni boshqarish va iste’molni kuzatish mumkin. Qulay yechim, albatta, lekin men haligacha Payme’dan voz kechib unga o‘ta olmayapman. Balki DOMO uchun hali biroz yoshlik qilarman.

Bir so‘z bilan aytganda, texnologiyaga bo‘lgan qiziqishimiz ham yoshimiz va hayotiy tajribamiz bilan birga o‘zgarib borar ekan. Bugun Subway Surfers o‘ynab hordiq chiqarsangiz, ertaga uy uchun elektr yoki gaz to‘lovini to‘lashdan xuddi shunday mazza qilishingiz mumkin.

Ishqilib, qalbingizdagi murgʻak bolakay xohishlarini kuzatib boring. Oddissey filmini esa koʻring.

@hisperspective