Masalan, kecha Click kompaniyasi o‘zining “Click olami” nomli qisqa metrajli multfilmini e’lon qildi. Multfilmda endilikda ilova ichida sun’iy intellekt yordamchisi Cleo ish boshlagani haqida maʼlumot berilgan. Ammo bu haqida boshqa biror joyda aytilmagan.
Oʻzi Click katta ekotizim shakllantirib bo‘lgan. Misol uchun, Clickda to‘lovlarni, telegram bot, mobil ilova, ussd kodlar orqali amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, jamoat transportida yuz orqali to‘lash imkoniyati hozircha boshqa biror o‘yinchida yo‘q. Yaqin orada boʻlmasa ham kerak.
Eng qiziq jihati Click QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish uchun maxsus Click Sado nomli alohida uskuna ham ishlab chiqqan. Bu hali men bilgan kichik funksionallarning o‘zi, xolos. Aslida esa Click’da bundan tashqari yana qancha-qancha imkoniyatlar bor.
Ammo, barcha funksionallarni qizgʻonishadimi ommadan bilmayman deyarli hech qayerda reklama qilishmaydi (3-4 ta bannerni aytmasa). Bilmadim-u Click allaqachon o‘zbekona Kaspiga aylangan, faqat buni o‘zi tan olmayapti yoki shunaqa ko‘rinadi menga.